Maxfiylik siyosati
Shaxma shaxsiy ma'lumotlaringizni qanday ishlatishi haqida.
Qanday ma'lumot to'playmiz
Kirishda: telefon raqamingiz, Telegram'dagi ismingiz va Telegram ID. Ariza qoldirganingizda: ism, telefon va izoh. Saytdan foydalanishda: sevimli va solishtirish ro'yxatlari, til va valyuta tanlovi.
Nima uchun ishlatamiz
Hisobingizga kirish, sevimlilaringizni saqlash va arizangizni siz tanlagan quruvchiga yetkazish uchun. Ma'lumotlaringiz reklama uchun sotilmaydi.
Kimga beriladi
Ariza faqat siz murojaat qilgan quruvchiga yuboriladi. Boshqa uchinchi shaxslarga qonunda belgilangan hollardan tashqari berilmaydi.
Saqlash va himoya
Ma'lumotlar O'zbekistondagi serverda saqlanadi. Kirish sessiyasi himoyalangan cookie orqali ishlaydi, parollar va kodlar ochiq holda saqlanmaydi.
Hisobni o'chirish
Hisobingiz va ma'lumotlaringizni o'chirish uchun bizga yozing — 3 ish kuni ichida o'chiramiz.
Savollar bo'yicha: +998 95 888 98 98 · @shaxmauzbot
Shaxma coin