Uy olishda ko'p uchraydigan xatolar

1. Faqat narxga qarash
Eng arzon kvartira har doim ham foydali emas: qavat, tomon, quruvchining ishonchliligi va topshirish muddati muhim.
2. Og'zaki va'dalarga ishonish
"Chegirma beramiz", "muddat uzaytiriladi" — hammasi shartnomada yozilgan bo'lishi kerak.
3. Hujjatsiz pul to'lash
Har bir to'lov uchun chek yoki kvitansiya oling. Bron to'lovi ham hujjatlashtirilsin.
4. Qurilish joyini ko'rmaslik
Render chiroyli bo'ladi. Qurilish maydoniga borib, ish qanchalik ketayotganini o'z ko'zingiz bilan ko'ring.
5. Shoshilish
"Oxirgi kvartira qoldi" degan bosimga berilmang. Shaxma shaxmatkasida haqiqatda nechta bo'sh kvartira borligini ko'rasiz.
Shaxma coin

